13:00 / 20.05.2017
7 466

Sardor Rashidov Italiya klubiga qimmatlik qildi

Sardor Rashidov Italiya klubiga qimmatlik qildi
Faoliyati tugatilgan Qatarning «Al-Jaish» va O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov Italiya A seriyasida to‘p surishi mumkin edi. Bu haqda Tribuna.uz sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga Italiyaning «Kevo» klubi qiziqish bildirgan, ammo Italiya klubi «Al-Jaish» so‘ragan mablag‘ni to‘lay olmasligini bildirgan.

Ayni paytda futbolchiga BAAning «Al-Ayn», «Al-Ahli», «Al-Vasl», «Al-Vihdat» va Qatarning «Al-G‘arafa» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Hozircha uning qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi noaniq bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qatarning «Al-Jaish» va «Laxviya» jamoalari tugatilib bitta jamoaga aylantirilmoqda. Yangi tuziladigan jamoaga «Laxviya» murabbiyi ustozlik qilishini hisobga olsak, uning «Al-Jaish»futbolchilaridan kimlarni tarkibga olishi aniq emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov Italiya klubiga qimmatlik qildi