5 279
Xabib Nurmagomedov Toshkentda: O‘zbek boksi, palov, yig‘lagan muxlis va boshqalar haqida
21 may kuni Toshkentdagi "International Hotel"da Rossiyadan tashrif buyurgan taniqli MMA sportchilari ishtirokida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston jui-jitsu federasiyasi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda Xabib Nurmagomedov, Zubayra Tuxugov, Islam Maxachev, Abubakar Nurmagomedov va Islam Mamedov kabi sportchilar ishtirok etdilar. Anjumanda muxlislar sportchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.
Tadbirni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev olib bordi.
"Assalomu alaykum. Hayrli kun! Mana shunday tadbirga taklif qilishgani uchun rahmat aytmoqchiman. O‘zbekistonga ilk marotaba tashrif buyurdim. Bu erda Samarqand va Buxoro kabi shaharlarga ham borishni istayman. Iliq kutib olishdi. Juda ko‘p odam yig‘ilgani juda yoqimli. Rahmat!", - deya so‘z boshladi Xabib Nurmagomedov.
Savollarning asosiy qismi Xabib Nurmagomedovga berildi. E’tiboringizga savol-javoblarni taqdim etamiz.
- Muvaffaqiyatga erishish yo‘llarining uchta sirini ayta olasizmi?
- Eng avvalo shuni aytishim lozimki, muvaffaqiyatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Shuningdek, inson chempion bo‘lib tug‘ilmaydi. Buning uchun sportchi birinchi navbatda murabbiyni diqqat bilan eshitishi, uning gap-so‘zlariga quloq solishi lozim. Keyin esa boshqalardan ko‘p shug‘ullanish lozim. Mashg‘ulotlar juda ko‘p narsani hal qiladi. Uchinchi sir esa albatta sabr... Odam sabr qilishni bilishi lozim! Biz ham o‘z vaqtida jarohat olganmiz. Nohaq mag‘lubiyatlarni qabul qilib olganmiz. Mana shunday voqealardan so‘ng ham odam o‘z maqsadi yo‘lida davom etishi lozim.
- Nima uchun Deni Uayt (UFC Prezidenti) sizga chempionlik janglarini bermaydi? Chunki, u agar siz kamarni qo‘lga kiritsangiz, keyinchalik uni boshqalarga bermaysiz. Shumi sabab?
- Chempionlik jangiga osonlikcha erishilmaydi. Buning uchun katta yo‘lni bosib o‘tish kerak. Bunda esa o‘zimni ham aybim bor. Chunki, muhim jang oldidan jarohat oldim. Agar barchasi joyida bo‘lsa, yaqin orada chempionlik jangini o‘tkazaman.
- Yaqin oradagi jangingiz qachon o‘tkazilishi mumkin?
- Navbatdagi jangim oktyabr oylarida bo‘lishini rejalashtiryapmiz.
- Menda savol yo‘q. Sizdan dasxat olishni istayman...
Unga shunday iltimos bilan muxlisalaridan biri murojaat qildi...
O‘z o‘rnida Xabib Nurmagomedov qizaloqning iltimosini erda qoldirmadi va o‘sha erning o‘zida muxlisasiga dasxatini taqdim etdi
- Konor MakGregor va Floyd Meyvezer o‘rtasida jang haqida nima deya olasiz? Siz ham boks bilan shug‘ullanishingiz mumkinmi?
- Seni Toni Fergyusonga o‘xshatdim. Chunki, u ham quyosh yo‘q joyda, binoni ichida ko‘zoynak taqib yuradi. (Sportchi savol bergan muxlisiga qarata shu so‘zlarni aytganida zalda kulgu ko‘tarildi). Savolga keladigan bo‘lsak... Bu shou jang bo‘lishi kerak. Umuman olganda, bu noto‘g‘ri. Bu tomoshani sportdan ko‘ra ko‘proq biznesga qiyoslash mumkin.
Boks... Eng avvalo shuni aytishim lozimki: O‘zbekiston eng yaxshi boks mamlakati hisoblanadi. Bu balandparvoz gaplar emas. Faktga asoslanib gapiryapman. Men boksni ham kuzatib turaman. Sizlar Olimpiadada eng zo‘r bo‘ldinglar. Men boksda qiynalaman. Masalan, O‘zbekistonning -70 kg vazn toifasidagi bokschisiga qarshi ringga chiqsam qiynalishim aniq. Kurash bo‘yicha esa nimadir qila olaman. Fikrimcha, bokschilar faqat bokschilar bilan jang qilishlari lozim. MMAchilar bokschilar saviyasida jang qila olmaydilar. Men realistman. Bokschi bilan sparingda nimadir o‘rganish mumkin. Haqiqiy jang qilish noto‘g‘ri. Men o‘zimga bunday sharmandalikni ravo ko‘rmagan bo‘lardim.
Tadbirda shuningdek Rio Olimpiadasi sovrindori Murodjon Ahmadaliev ham ishtirok etdi
- Men ham sizlarning klubingizga a’zo bo‘lsam maylimi?
- Hozirmi?
- Ha, hoziroq!
- Mayli!
- Maylimi siz bilan so‘rashsam?
- Oldimga kel! Men o‘zim bilan futbolkalar olib kelganman. Uni senga tuhfa etaman...
Muxlis o‘z kumiri bilan uchrashganidan judayam xursand... Shu darajada xursand ediki, xatto yig‘lab yubordi. O‘z navbatida Xabib muxlisiga o‘zining dasxati tushirilgan futbolkani taqdim etdi.
- MakGregorni xo‘rozga o‘xshatishgandi. Siz u haqida qanday fikrdasiz?
- Xo‘roz? Hozir uni biroz maqtab yubordingiz. Xo‘rozlar o‘z katagida xo‘jayin hisoblanadi. U xo‘roz emas, tovuq!
- Yulduzlik kasali haqida nima deya olasiz?
- Sportchining kuchliligi uni kuchli ekanligini bildirmaydi.
Orada muxlisalardan biri Zubayra Tuxugovni raqsga taklif qildi
- Toshkentda MMA klubi ochish haqida qanday fikrdasiz?
- Men O‘zbekistonni boks mamlakati deb hisoblayman. Bu erda aynan shu narsani muhokama qilamiz. Ishonamanki, sizlarda ham bo‘lajak yulduzlar ko‘p.
- Sizni o‘zim ishlaydigan restoranga taklif qilmoqchiman. Sheriklaringiz bilan kelsangiz xursand bo‘lardim!
- Qachon? Bugunmi? Qanday restoran?
- Italyancha restoran.
- Italyancha restoran? O‘zbekistonga kelib italyancha ovqat eymizmi? Biz palov emoqchimiz! (Zalda olqishlar!)
- Instagramdagi akkauntingizni kim yuritadi?
- Instagramdagi akkauntni o‘zim ishlataman. Agar savol yozsangiz o‘sha erda javob qaytarishga harakat qilaman.
Matbuot anjumani yakunlanganidan so‘ng sportchi va muxlislar ishtirokida fotosessiya o‘tkazildi. Sportchi eng yaxshi uchta savol egasiga o‘zi bilan olib kelgan futbolkalarni taqdim etmoqchi edi. Afsuski... Hali muxlislik madaniyati borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. Bu haqida alohida gaplashamiz!
Aziz To‘xtamurodov, Jasur Aslanov
Manba: olamsport.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi