Yarim yilda 4,8 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotildi

Yarim yilda 4,8 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotildi

O‘zbekistonda elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar hanuz yuqoriligicha qolmoqda. Prezident bilan o‘tkazilgan yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, joriy yilning dastlabki olti oyida tarmoqlarda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yo‘qotilgan.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi yo‘qotishlari o‘rtacha 17,2 foizni tashkil etmoqda. Ayrim hududlarda, jumladan Andijon shahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Ko‘kdala, Boysun, Oltinsoy, Qo‘shtepa, Toshloq, Qo‘shrabot va Samarqand tumanida bu ko‘rsatkich 25 foizdan yuqori.

Shuningdek, to‘rt yildan buyon joriy etilgan ASKUE va ASKUG tizimlariga qaramay, 300 mingta gaz hamda 234 mingta elektr hisoblagichi tarmoqqa ma’lumot uzatmayotgani qayd etildi. Bu esa ayrim hududlarda debitor qarzdorlikning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar