
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum yakunlari bo‘yicha Evropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan "Oltin butsa" mukofoti bilan taqdirlandi.
29 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 34 ta uchrashuvda 37 gol urdi va shu tariqa 74 ochko to‘pladi. 2-o‘rinni Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Bas Dost oldi, u Portugaliya chempionatida 34 ta gol muallifi bo‘ldi. Evropaning eng yaxshi to‘purarlari kuchli uchligidan, shuningdek, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang 31 ta gol bilan o‘rin egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar