Temirov Istanbulda shov-shuvli jang o‘tkazadi: Raqib UFC sobiq yulduzi...

Sport1 daqiqa o'qish188
Temirov Istanbulda shov-shuvli jang o‘tkazadi: Raqib UFC sobiq yulduzi...

Abu-Dabidagi yorqin g‘alabasi bilan dunyo sport jamoatchiligini hayratda qoldirgan o‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov tez orada yana oktagonga qaytmoqda. Hamyurtimiz ACBJJ Ligasidagi debyut jangida UFC sobiq yulduziga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Oktogonuz nashrining xabar berishicha, Ramazon Temirov joriy yilning 30 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan ACBJJ 22 turnirida o‘z debyutini o‘tkazadi.

Raqib nomi ma’lum: Buyuk Britaniyalik Muhammad Mokayev!

Istanbuldagi markaziy janglardan birida Temirovga asli dag‘istonlik bo‘lgan, Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi sobiq UFC jangchisi Muhammad Mokayev raqiblik qilishi kutilmoqda.

Ilgariroq, Istanbuldagi turnirda o‘ta tajribali atletga qarshi jang o‘tkazishi haqida Temirovning o‘zi Olamsport.com muxbirlari bilan suhbatda ma’lum qilgan edi. Endilikda ushbu raqib shaxsiga oydinlik kiritildi.

Professional sportdagi yorqin seriya

Eslatib o‘tamiz, Ramazon Temirov yaqindagina — 25 iyul kuni Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night 282 turniri doirasida o‘zining navbatdagi yorqin jangini o‘tkazgan edi.

O‘shanda hamyurtimiz Avstraliya vakili, reytingning yuqori o‘rinlarida borayotgan Stiv Ersegni bor-yog‘i birinchi raunddayoq dahshatli texnik nokautga uchratib, muxlislarni hayratda qoldirgandi.

Mokayevga qarshi kechadigan bo‘lajak to‘qnashuv ham ikki tomon uchun o‘ta muhim va murosasiz kechishi kutilmoqda.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?