19:40 / 07.06.2017
5 212

«Yuventus» Allegri bilan yangi shartnoma tuzdi

«Yuventus» Allegri bilan yangi shartnoma tuzdi
«Yuventus» bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan shartnomani yangiladi. 49 yoshli italiyalik mutaxassis bilan yangi kelishuv 2020 yilga qadar mo‘ljallangan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa uch marta Italiya chempioni bo‘ldi (2015, 2016, 2017), bitta Italiya Superkubogi (2015) qo‘lga kiritdi va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi (2015, 2017).

Allegri bilan «Yuventus» o‘zining chempionlik seriyasini olti yilga etkazdi. Turinliklar oxirgi marta A Seriyada 2010/2011 yilgi mavsumda chempion bo‘lmagandi.

O‘tgan 3 mavsumda «Yuventus» milliy chempionat doirasidagi 114 uchrashuvdan 84tasida g‘alaba qozongan, bu o‘yinlarda o‘rtacha 2,36 ochko olinganini anglatadi. Jamoa bu o‘yinlar davomida 224 gol urib, 71 gol o‘tkazgan.

Allegri murabbiylik faoliyati davomida «Grosseto», «Lechche», «Sassuolo», «Kalyari» va «Milan» jamoalarida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» Allegri bilan yangi shartnoma tuzdi