O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 5 iyul, chorshanba kuni o‘zbekistonlik fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazadi. TIV matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, vazirlik virtual qabulxonasiga hozirdanoq xatlar kela boshlagan.
Murojaatlarning asosiy qismini, O‘zbekiston hududidan chiqib ketgan ota-onalarni izlash, boshqa davlatlarda sudlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, Vatandan yiroqda vafot etgan fuqarolar jasadini qaytarish, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqish, TIV tizimiga ishga joylashish, masalalari bilan bog‘liq muammolar tashkil etadi.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov O‘zbekiston futbol terma jamoasining so‘nggi xalqaro o‘yinlari natijalaridan ranjigan futbol muxlislari nomidan kelib tushgan murojaatlar haqida ham xabardor qilingan.
Barcha murojaatlar TIVdan ro‘yxatdan o‘tkazilib, Vazirga etkazilmoqda va uning shaxsiy nazorati ostiga olingan. O‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, fuqarolarga rasmiy javoblar va tegishli izohlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 12 iyun, dushanba kuni JCh-2018 saralash bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvni Tehronda o‘tkazib, Eron termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Mag‘lubiyatni qabul qila olmagan O‘zbekiston terma jamoasining jonkuyar muxlislari jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning iste’fosini talab qilib, har xil aksiyalar uyushtirish haqida ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalarida bir-birlarini qo‘llab quvvatlashmoqda.
O‘zbekiston futbol federasiyasi esa bugun, 15 iyun kuni rasmiy internet sahifasida terma jamoa bosh murabbiyiga 5 sentyabrga qadar imkoniyat berishini e’lon qildi. Endilikda, Samvel Babayan Xitoy hamda Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarga ham milliy terma jamoa futbolchilarini tayyorlaydi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi