
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni damda Portugaliya terma jamoasi bilan Konfederasiyalar kubogi musobaqasi uchrashuvlariga tayyorgarlik olib bormoqda.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, Ronaldu terma jamoadagi do‘stlariga Madriddan ketishi haqida aytib o‘tgan.
“Real”ni tez kunlarda tark etaman. Qaror qabul qilib bo‘lindi, endi ortga yo‘l yo‘q”, - deya iqtibos keltirdi Marca nashri.
Avvalroq, u “Real”ni tark etishi haqida klub prezidenti Florentino Peresni ham ogohlantirgandi.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Portugaliya Meksika terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.