Professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan Shohjahon Ergashev faoliyatini AQShda davom ettiradi.
Uning navbatdagi jangmi 4 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Raqib kim bo‘lishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Rossiya OAV Ergashev AQSh kompaniyalaridan biri bilan shartnoma tuzgani haqida aytib, endi uning janglari mamlakat televideniesi orqali ko‘rsatilishi haqida ma’lumot bergandi.
O‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Fazliddin G‘oibnazarov esa 5 avgust kuni ringga chiqadi. Markaziy jangida Vasiliy Lomachenko kurash olib boradigan boks kechasi Los-Anjelesdagi «La Leykers» basketbol arenasida bo‘lib o‘tadi.
G‘oibnazarovning raqibi kim bo‘lishi hozircha noma’lum. U professional ringda hozircha ikki jang o‘tkazib, har ikkisida ham raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Birida nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi