
Ko‘pmi kunduzdan tuning,
Quridi umid ko‘li.
Kimlarga qoldi kuning,
Sho‘rlik o‘zbek futboli?
Yutqazding mezbon bo‘lib,
Yutqazding mehmon bo‘lib,
Ketmasmikansan o‘lib,
Sho‘rlik o‘zbek futboli!
Senga bo‘lolmas tirgak,
O‘n bir ichi bo‘sh terak.
Senga «tez yordam» kerak,
Sho‘rlik o‘zbek futboli!
Orsizdir qaysi o‘g‘lon,
Vatan degani yolg‘on,
Yuzlaring qora qumg‘on,
Sho‘rlik o‘zbek futboli!
Sening amaldorlaring —
Bo‘yningdagi dorlaring,
Deyolmaysan bir bor «g‘ing»,
Sho‘rlik o‘zbek futboli!
Hozirgi tarkibni buz,
Boshqa bir jamoa tuz,
Rossiyadan umid uz,
Sho‘rlik o‘zbek futboli!
Manzilni g‘amin ema,
Sen teshilgan bir kema,
O‘zbekistonman dema,
Sho‘rlik o‘zbek futboli!
Bu tanbehmas yoki do‘q,
Bo‘laversin ko‘ngling to‘q.
Senga boshqa gapim yo‘q,
Sho‘rlik o‘zbek futboli!
Botirjon Ergashev
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar