
Hali 2017 yilgi mavsumning birinchi yarmi yakunlanishiga 1 tur qolgan bo‘lishiga qaramay, jamoalarimiz tarkibni kuchaytirish payiga tushib qolishdi. Bu albatta quvonarli xolat. Bugun "Paxtakor" yozgi transfer oynasini ochib berdi. Jamoa Simich bilan shartnoma imzoladi.
Endi esa Qarshidan ham transfer shamoli esa boshladi. SPORTS.uz ga ma’lum qilishlaricha, jamoa o‘z tarkibini yaponiyalik yarim himoyachi bilan kuchaytiradi.
Fakt uchun Qarshidagi "ayg‘oqchi"miz "Nasaf"ning bugungi mashg‘ulotini kuzatdi. Uning bizga etkazgan ma’lumotiga ko‘ra, Mosata ismli futbolchi ayni paytda klub qarorgohida ko‘rikdan o‘tmoqda. Bizga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi "ajdarlar"ning bugungi mashg‘ulotida ishtirok etgan va kuzatganlarda yaxshi taassurot uyg‘ota olgan.
Agar uning hatti harakatlari "Nasaf" rahbariyatini qoniqtirsa, Mosatani ikkinchi davrada "Nasaf" tarkibida ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar