
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubiga yangi bosh murabbiy Shota Arveladze tayinlanib, yangi legioner himoyachi Marko Simich bilan birga futbol ishqibozlariga tanishtirildi.
Tanishtirish marosimi boshlanishidan avval muxlislar uchun o‘zbek shou-biznesi yulduzlari ijrosida konsert dasturi taqdim etildi. Unda klub rahbarlari – Prezident Bobur Shodiev, vise-prezident Umid Ahmatjonov, bosh direktor Dmitriy Adisman, O‘FF “Futbol faxriylari kengashi” raisi Narimon Jalolov taklif etildi.
So‘ng Shota Arveladze va Marko Simich muxlislar bilan o‘zbek tilida salomlashishdi. Murabbiy va futbolchi ishqibozlarga futbol to‘plari va jamoa liboslarini sovg‘a tariqasida taqdim qilishdi.
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi hujumkor yarim himoyachisi Rayan Babel ushbu yozgi transfer vaqtida o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 30 yoshli gollandga “Paxtakor” klubi da’vogarlik qilmoqda. Bir paytlar Arveladze va Babel “Qosimposho” klubida birga ishlagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar