18:02 / 07.07.2017
6 571

Qizlar «tuzog‘i»ga ilingan yulduzlar

Qizlar «tuzog‘i»ga ilingan yulduzlar
«Futbolchilar eng yosh boylar» degan edi tajribali murabbiy Fabio Kapello. Shu bois qizlar ham aynan ularni qarmog‘iga ilintirgisi keladi. Quyida jahonning ayni paytdagi eng mashhur 6 futbolchisi qanday qilib «tuzoqqa» tushib qolgani bilan tanishishingiz mumkin.

Ronaldo

Braziliyalik mashhur hujumchi hurliqolar qo‘ygan «tuzoqlar»ga ilinish bilan ham dong taratgan. Braziliyalik «don Juan» hayotidagi eng noxush voqea 2008 yili yuz berdi. Rio-de-Janeyrodagi tungi klubda dam olishga qaror qilgan futbolchi bundan qattiq pushaymon bo‘ldi. Sababi atrofini qurshab olgan sohibjamol «kapalaklar» uning ko‘z o‘ngida barzangi yigitlarga aylanishdi… Antiqa tomosha qisqa vaqt ichida ovoza bo‘lib ketdi. Oqibatda Ronaldoning ma’shuqasi Mariya Beatriks Antoni uni tashlab ketdi. Bu ham kamlik qilgandek, Nike kompaniyasi hujumchi bilan imzolangan 100 million dollarli reklama shartnomasini bekor qildi.

Frank Riberi va Benzema

Fransiyalik Frank Riberi hamda Karim Benzema balog‘atga etmagan qiz bilan ko‘ngilxushlik qilganlikda ayblanishgandi. Mazkur mojaro 2010 yili yuzaga keldi. O‘shanda kelib chiqishi jazoirlik Zahiya Dexar taniqli futbolchilar qilmishi haqida matbuot vakillariga xabar bergandi. Fohishaning 16 yoshda ekanligi mojaroga «moy» quydi. Biroq Benzema, Riberi, shuningdek, Frankning ukasi fohishaning balog‘at yoshiga etmaganidan bexabar ekanliklarini ma’lum qilishdi. Mojaroga ulardan tashqari, Xatem Ben-Arfa va Sidney Govu ham aralashib qolishgandi. Oxir-oqibat, Riberi va Benzema asosiy e’tiborni futbolga qaratish imkoniyatiga ega bo‘lishdi — Parij sudi ularni aybsiz topdi. Chunki aybdor ekanliklariga etarli dalillar taqdim etilmadi. Umuman, bu kabi holatga tushgan futbolchilar ko‘p…

Devid Bekxem
Angliya terma jamoasi sobiq sardori vaqtida o‘ta noqulay vaziyatga tushib qolgandi. Mojaro bosniyalik Irma Nichining In Style jurnaliga bergan intervyusidan boshlandi. U jurnalistlarga Beks bilan xufiya uchrashuvlari goh London, goh Los-Anjelesda o‘tganini aytdi. Fohishaning tasdiqlashicha, Devid bir kecha uchun 1000 evrodan 6000 evrogacha sarflagan. Tabiiyki, futbolchi Nichi ustidan sudga shikoyat qildi. Ammo aybdor emasligini isbotlolmasdan, qonun himoyachilarining jarayondagi ovoragarchiliklari uchun 272000 evro to‘lashga majbur bo‘ldi. Bundan g‘azablangan Beks uddaburo advokatni yollagan holda ikkinchi marta ishga kirishdi. Bu galgi jarayon Devidning g‘alabasi bilan yakunlandi: advokat fohisha da’vo qilgan uchrashuvlardan biri Devidning London gospitalida bemor otasi bilan bo‘lgan vaqtiga to‘g‘ri kelganligini isbotlab berdi. Oqibatda Beks etkazilgan ma’naviy zarar uchun Irmadan 25 mln. evro talab qildi.

Ueyn Runi

Angliya terma jamoasi hujumchisi ham «uyatsizlar» ro‘yxatiga kirgan. U Jenni Tompson ismli fohishaga bir kecha uchun 1600 funt to‘lagan emish. Ayni o‘sha davrda Runining rafiqasi Kolin homiladorlik davrini boshidan kechirayotgandi. Xayriyatki, Runining oilasi buzilib ketmadi. O‘tgan yilning bahorida esa Runilar oilasida ikkinchi o‘g‘il — Kley dunyoga keldi.

Krishtianu Ronaldu
Egizaklarga ota bo‘lgan futbol yulduzi ham qizlarga «suyagi yo‘q»lardan. Masalan, «MYu»ning APLdagi g‘alabasini 5 nafar yengil tabiatli qiz qurshovida nishonladi. Keyin ular bu haqda matbuot xodimlariga «gullab» qo‘yishdi va ishsiz qolishdi. Ulardan birining ta’kidlashicha, Ronaldu o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Shunga qaramay, qiz mashhur futbolchidan xafa emasligini bildirgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qizlar «tuzog‘i»ga ilingan yulduzlar