6 338
Boks: O‘zbekiston vakillari yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
Tailandda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, final bahslariga o‘zbekistonlik bokschilardan 8 nafari chiqqandi.
Hal qiluvchi bahslarda ularning besh nafari g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘lishgan.
Ma’lum qilinishicha, Samandar Xolmurodov (-49 kg.), Farrux Ilhomov (-69 kg.), Rajabboy Otanazarov (-75 kg.), Profsor Rorimsha (-91 kg) va Lazizbek Mullajonov (+91 kg.) final bellashuvlarida o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempion bo‘lishgan.
Abdumalik Halakov (-52 kg.), Bilolbek Mirzarahimov (-64 kg.) va Timur Ergashev (-81 kg.) kumush medallar bilan cheklanishgan. Shuningdek -60 kg. vazn toifasida Saidjamshid Jafarov bronza medali bilan taqdirlangan.
Natijada yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 10ta vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschilardan to‘qqiz nafari sovrindorlar safidan joy olishdi va O‘zbekiston terma jamoasi 5ta oltin, 3ta kumush va bitta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 23ta mamlakat orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Shu o‘rinda bir ma’lumot, O‘zbekiston terma jamoasi sharafini Bangkokdagi Osiyo chempionatida -91 kg vazn toifasida himoya qilgan Profsor Rorimsha xususida ijtimoiy tarmoqlarda turli mulohazalar bildirilmoqda. Go‘yoki, Rio Olimpiya o‘yinlarida Ozarboyjon terma jamoasi sharafini himoya qilgan kubalik Lorenso Sotomayor kabi Rorimsha ham O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga legioner sifatida jalb etilgan degan fikrlar ham yangramoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi vaziyatga aniqlik kiritib o‘tgan.
«Birinchidan, sportning boks turida O‘zbekiston hech qanday legionerlar xizmatiga muhtoj emas, chunki boksda O‘zbekiston nafaqat Osiyoda, balki jahonda etakchi mamlakatlardan sanaladi. Buni so‘nggi yillarda qayd etilayotgan natijalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. So‘nggi ikki yilni oladigan bo‘lsak Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida ham, Toshkentda bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham, bugun Tailandda yakuniga etgan yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida ham O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchidan, Profsor Rorimsha asli buxorolik Gulandom Raxmatova va AQSh fuqarosi Rorumesha Ibragim Suvedining farzandi bo‘lib, O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. 1999 yilning 24 yanvarida tug‘ilgan. Boksdagi birinchi ustozi Ulug‘bek Qilichev. Hozirda ham ushbu murabbiy qo‘l ostida Buxoroda shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi g‘alabasiga qadar Profsor Rorimsha shuningdek, 2015 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin, xuddi shu yili Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan. Endi o‘z shaxsiy kolleksiyasiga yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi.
Biz yaqin kelajakda Profsordan endi milliy terma jamoa tarkibida, kattalar o‘rtasidagi nufuzli musobqalarda ham ana shunday muhim g‘alabalarni kutib qolamiz va ishonamizki, u hali uzoq vaqt davomida jahoning eng yirik sport arenalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qila oladi», deyilgan MOQ ma’lumotida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...