10:03 / 15.07.2017
5 260

Ravshan Haydarov: "Hozirgi kunda eng yaxshilar tarkibdan o‘rin olgan"

Ravshan Haydarov: "Hozirgi kunda eng yaxshilar tarkibdan o‘rin olgan"
O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov saralash turniri startidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi va OAV xodimlari savollariga javob berdi.

"Avvalo, ushbu turnir tashkilotchilariga hamda Osiyo Futbol Konfederasiyasiga mazkur saralash turnirini yuqori saviyada tashkil etishga sharoit yaratib berganliklari O‘FF hamda shaxsan o‘zim nomimdan minnatdorchilik bildiraman. Terma jamoalar yaxshi sharoitlar yaratilgan", - deydi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

"Biz ham o‘z navbatida turnirga yaxshi maqsad va vazifalarni ko‘zlagan holda tashrif buyurdik. Guruhdagi barcha jamoalarga omad tilayman. O‘ylaymanki, turnirga etarlicha va yaxshi sharoitda tayyorgarlik ko‘rdik. Bugungi kunda terma jamoaga mashg‘ulotlarda va turnirlar davomida o‘zlarini ko‘rsatgan va har jihatdan terma jamoaga munosib futbolchilar jalb etilgan."

"U-22 terma jamoasi bu milliy terma jamoadan keyingi ikkinchi jamoa. Butun dunyoda shunday. Shuning uchun bu terma jamoaga ham e’tibor katta. Ushbu turnir futbolchilarga o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yashigina imkoniyat. Ular aynan shunday turnirlar va yuqori saviyadagi raqiblarga qarshi o‘yinlardan keyin tajriba to‘plashlari va o‘sishlari mumkin. Ushbu turnir ham futbolchilarga ajoyib imkoniyat. Bu ular uchun Osiyo chempionati musobaqasi tramplin vazifasini o‘tashi mumkin. Biz ham milliy terma jamoaga munosib futbolchilarni etishtirib berishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz", - deydi Haydarov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Hozirgi kunda eng yaxshilar tarkibdan o‘rin olgan"