
Neymar «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishi bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma’lum qilindi.
Braziliyaning Lance nashrida futbolchini Parij klubiga o‘tishga undagan sabablar haqida yozilgan.
Unda birinchi navbatda Neymar jamoadoshi Lionel Messining soyasida qolib ketayotgani vv shaxsiy sovrinlar uchun imkoniyatga ega bo‘lmayotgani keltirilgan.
Shuningdek, biroz oldinroq «PSJ» safiga o‘tgan braziliyalik boshqa futbolchi Dani Alves Neymarni birga o‘ynashga taklif etgani taxmin qilingan.
Uchinchidan esa, «PSJ» 25 yoshli futbolchiga juda katta maosh va’da qilgan. Ayni vaqtda Neymarning «Barselona»dagi yillik maoshi miqdori 15 mln evroga teng.
To‘rtinchi sabab esa, parijliklar rahbariyati Neymarning agenti bo‘lmish otasi bilan yaxshi munosabatga egaligida bo‘lishi mumkin.
Nashr Neymar va «PSJ» o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilganini ta’kidlagan. Shu bilan birgalikda, u fikrini o‘zgartirmasligiga kafolat ham yo‘q.
Bundan avvalgi xabarlarda Parij klubi futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan badal pulini - 222 mln evroni to‘lashga tayyorligi aytilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar