22:57 / 21.07.2017
4 943

Vadim Abramov: «S.Arabistonidan 1 mln $ maosh taklif qilishgandi»

Vadim Abramov: «S.Arabistonidan 1 mln $ maosh taklif qilishgandi»
Vadim Abramov – bu mutaxassisni barcha yaxshi biladi. Uning muxlislari ham mamlakatimizda etarlicha. Chunki aynan uning qo‘li ostida milliy terma jamoamiz o‘yinida qandaydir mazmun paydo bo‘lgandi.

Abramov davrida uncha-muncha termalar O‘zbekistondan cho‘chib turishardi. Aynan shuning uchun ham Vadim Karlenovich termamizni boshqargan mutaxassislar orasida muxlislar tomonidan tanqid ostiga olinmagan so‘nggi yillardagi yagona murabbiy bo‘lib turibdi.

Hozirda Farg‘onaning «Neftchi» klubini boshqarayotgan murabbiy «Futbol Ekspress» muxbiri bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida terma jamoadagi paytlarini eslab o‘tdi.

- Terma jamoada ish boshlagunimga qadar moddiy-texnik bazasi yaxshi ekanligidan xabardor qilishgandi. Ammo futbolchilarga deyarli maosh to‘lanmay qo‘yilgandi. Chunki hal qiluvchi uchrashuvlar ortda qolgandi. Muvaffaqiyatsizlikdan keyin tushkun kayfiyat ustun turardi.

G‘alabalar qo‘lga kiritilib, nufuzimiz orta boshlagach mukofot pullari orta boshladi. Mablag‘ni olishimiz emas, ishlab topishimiz kerak, degan aqidani ustun qo‘yardim.

O‘FFga borib, bemalol, to‘lov qog‘ozlarini tekshirib chiqishingiz mumkin. O‘zimga oyiga 1 million 200 ming so‘m miqdorida maosh to‘lashardi.

Osiyo kubogidagi munosib ishtirokdan so‘ng esa maoshimni ancha ko‘tarib qo‘yishdi. Bu esa O‘zbekistonda zo‘r turmush kechirish uchun etarli darajada edi.

Keyinchalik Saudiya Arabistonidan taklif bo‘ldi. Muzokaralar davomida yiliga 1 million dollor maosh berishlarini bildirishdi.

Ammo o‘ylab ham o‘tirmay, bu taklifni rad etdim", – deydi Vadim Abramov suhbat chog‘ida.


Manba: www.iff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: «S.Arabistonidan 1 mln $ maosh taklif qilishgandi»