23:02 / 23.07.2017
5 277

Neymar «PSJ» bilan 6 yillik shartnoma tuzadi

Neymar «PSJ» bilan 6 yillik shartnoma tuzadi
«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining otasi parijliklar jamoasi sport direktori Antero Enrike hamda boshqaruv kengashi raisi Sofi Jordan bilan uchrashib, shartnomaning oxirgi bandlarini muhokama qilib olgan.

Ushbu transfer «PSJ»ga 400 mln evroga tushadi. Klub Neymarning transferi uchun 222 mln evro to‘laydi, futbolchining o‘zi esa 6 yillik shartnoma imzolab, jami 180 mln evro ishlab oladi.

O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlangani haqida xabarlar tarqaldi.

«Barselona» o‘z etakchisini saqlab qolishni istamoqda, ammo oxirgi xabarlarga ko‘ra, tomonlarning muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Neymar «Barselona» tarkibida 2013 yildan buyon o‘ynamoqda. U jami 186 o‘yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 80 ta golga hammualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar «PSJ» bilan 6 yillik shartnoma tuzadi