
«Manchester Siti» Xalqaro chempionlar kubogi doirasida navbatdagi o‘yinda ham yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu safar «Tottenhem» «shaharliklar» «qurboni»ga aylandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Neshvilldagi «Nissan» stadionida kechgan bahsning 10-daqiqasida Jon Stounz hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Gvardiola shogirdlari yana ikkita gol urishdi. Rahim Sterling va Brahim Dias gollarga mualliflik qildi.
Bu «Tottenhem» uchun turnirdagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Turnir doirasidagi ilk bahsda «shporlar» «PSJ»ni mag‘lub etgandi (4:2), keyin «Roma»ga imkoniyat boy berildi (2:3). «Manchester Siti» esa ilk bahsda «Manchester Yunayted»ga yutqazgan (0:2), keyin «Real»ni yirik hisobda taslim qilgandi (4:1).
International Champions Cup, Neshvill, AQSh
«Manchester Siti» – «Tottenhem» 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Stounz, 2:0 – 72 Sterling, 3:0 – 90 Brahim Dias.
«Manchester Siti» – Ederson (Murich, 79), Stounz (Adarabioyo, 74), Otamendi, Danilo (Sane, 74), Kompani (Mangalya, 59), Sterling (Braim Dias, 79), de Bryuyne (Nasri, 59), Fernandino (Ture, 60), Silva (Foden, 59), Uoker (Dyueyni, 75), Gabriel Jezus (Aguero, 60).
«Tottenhem» – Loris (Vorm, 46), Alderveyreld, Vertongen (Vimmer, 70), Tripper (Uoker-Piters, 79), Devis, Dembele (Nkudu, 54), Uinks (Oukli-But, 71), Eriksen, Dayer, Alli (Yanssen, 70), Keyn.
Ogohlantirish: Kompani (55).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar