
Chempionlar xalqaro kubogi AQSh turnesi doirasida Ispaniyaning ikki grandi — «Real» hamda «Barselona»ni o‘zaro to‘qnashtirdi.
Bellashuv kataloniyalik futbolchilarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etdi. Ular 10-daqiqaga qadar 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olgan bo‘lsa, madridliklar 1-bo‘limning o‘zidayoq muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lgandi. 2-taymga kelib esa «realchilar»ning eng «suygan» futbolchi Pike yakuniy hisobni o‘rnatdi, deb yozadi Daryo nashri.
«Barselona» Chempionlar xalqaro kubogida 100 foizlik natija qayd etdi. Bunga qadar klub «Manchester Yunayted»ni 1:0, «Yuventus»ni 2:1 hisobida taslim qilgandi. «Real» esa Manchester shahrining ikki klubidan ham yengildi — «Yunayted» 0:2, «Siti» 1:4.
Dastlabki ikki bellashuvdagi «Barselona»ning jami 3 ta goliga mualliflik qilgan Neymar, «Real»ga qarshi o‘yinda muvaffaqiyat qozonmadi. Shunga qaramay, Rakitich hamda Pikening gollariga assistentlik qildi.
Chempionlar xalqaro kubogi
Mayami, AQSh
30 iyul, yakshanba
«Barselona» — «Real Madrid» 3:2
Gollar: Lionel Messi, 3 (1:0). Ivan Rakitich, 7 (2:0). Mateo Kovachich, 14 (2:1). Marko Asensio, 36 (2:2). Herard Pike, 50 (3:2).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar