date

O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi uchinchi tur o‘yinlari doirasidagi O‘zbekiston - Yaman o‘yini chiptalari bugun — 25 avgustda sotuvga chiqadi.

Markaziy "Paxtakor" o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan ushbu uchrashuv chiptalari stadion kassalarida 14:00dan sotuvga chiqariladi. 26 avgustdan boshlab esa har kuni 10:00dan 18:00gacha kassalardan chiptalarni xarid qilish mumkin.

SIP toifadagi chiptalar 30 000 so‘mdan bo‘lsa, qolgan barcha chiptalar narxi 13 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi 3 sentyabr, soat 19:00da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi