
PSJ vakillari Neymar bilan birgalikda LaLiga ofisiga tashrif buyurib, futbolchining shartnomasida belgilangan 222 mln. evro tovon pulini to‘lamoqchi bo‘ldi, biroq tashkilot to‘lovni rad etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kelishuvdagi tovon puli bandini faqat ispan klublari faollashtira oladi. Biroq asosiy sabab sifatida quyidagi jihat ko‘rsatilmoqda: LaLiga rahbariyati PSJ ko‘rsatilgan mablag‘ni UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmasdan to‘lay olmaydi deb hisoblaydi. Liga rahbari Xaver Tebasning fikricha, mamlakat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan PSJ futbolni izdan chiqarishi mumkin.
Oldinroq, Neymar tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, uning transferi esa 4 avgust kuni e’lon qilinishi aytilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar