«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Evropa Ligasi g‘olibiga Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilishiga qarshi chiqdi.
«Men hamisha Evropa Ligasi g‘olibiga Chempionlar ligasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish uchun yo‘llanma berilishiga qarshi bo‘lganman. Chunki, «Manchester Yunayted»ni hisobga olmaganda hamisha bu turnirda Chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmagan jamoa g‘olib bo‘lgan.
Chempionlar Ligasiga Evropa Ligasi orqali yo‘l olish fikrida bo‘lmaslik kerak. Men bunday yo‘l tutish ichki chempionatga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblayman: agar aprelda jamoada APLda kuchli to‘rtlikka kirishdan ko‘ra, Evropa Ligasi orqali yo‘l olish imkoni ko‘proq bo‘lsa, bu jamoa ichki chempionatga ikkinchi darajali turnirdek qarashi mumkin. Men o‘yinlarga hamisha optimal tarkibni tushiraman. Futbolchilarimga faqat Evropa Ligasi o‘yinlarida dam berishim mumkin», — deya Vengerning so‘zlarini keltirgan London Evening Standard.
Londonliklar o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida 5-o‘rinni egalladi va Evropa Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi. «MYu» mavsumni 6-o‘rinda yakunladi, ammo Evropa Ligasi g‘olibi sifatida EChLga yo‘llanma oldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»