10:55 / 07.08.2017
5 139

«Barselona» Dembele uchun rasmiy taklif jo‘natdi

«Barselona» Dembele uchun rasmiy taklif jo‘natdi
«Barselona» Usmon Dembele transferi yuzasidan Dortmundning «Borussiya» klubiga rasmiy taklif jo‘natdi. Jurnalist Janluka Di Marsioning o‘z saytida xabar qilishicha, kataloniyaliklar 20 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 70 million evro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Bundan avvalroq dortmundliklar klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske Dembele uchun 100 mln evro ham kamligini ma’lum qilgandi.

Dembele «Borussiya»ga 2016 yili «Renn»dan kelib qo‘shilgandi. Dortmundliklar safida u o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 49 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urgan va 21 golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Kataloniyaliklar uni Parijga yo‘l olgan Neymarga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Dembele uchun rasmiy taklif jo‘natdi