«Barselona» Neymar o‘rniga kimlarni taklif etmoqchi?

«Barselona» Neymar o‘rniga kimlarni taklif etmoqchi?
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Neymarni PSJga rekord darajada sotishga erishdi. Endilikda klub Neymar transferidan tushgan pullarga yaxshi futbolchi sotib olmoqchi
Quyida bular borasida so‘z yuritamiz.

Felipe Koutino ("Liverpul")

Katalon klubi Koutinoni ancha vaqtdan beri sotib olishni reja qilmoqda. Ammo, ingliz klubi rahbariyati ushbu transferga qarshilik qilishmoqda. "Barselona" Koutino transferi uchun 100 million yevro ajratmoqchi.

Anxel Di Mariya ("PSJ")

Neymar "Barselona"dan Fransiyaga yo‘l olganidan keyin klub bor e’tiborini Di Mariyaga qaratdi. Argentinalik futbolchi ham Ispaniyaga qaytishni istamoqda. Faqat, jamoa bu futbolchi transferiga yetarlicha pul to‘lab berishlari talab etiladi.

Yulian Draksler ("PSJ")

Draksler parijliklar safida yorqin o‘ynay olmadi. Natijada, u klubdan ketishi mumkin. Futbolchining agenti "Barselona" bilan muzokara o‘tkazish uchun Kataloniya shahriga yetib kelgan. Katta ehtimol bilan u faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

Usmon Dembele ("Borussiya D")

Dortmundliklar hujumchisi Usmon Dembele "Barselona" qiziqishlari doirasida. Kataloniyaliklar anchadan beri Dembelega qiziqib kelmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Biroq klub hozircha bu transferga rozilik berganicha yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar