Kuni kecha, Finlyandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati yakunlangani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Sport kurashlari nihoyasiga etgandan so‘ng Filippinda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Mazkur musobaqada Osiyo qit’asining 18 mamlakatidan 138 nafar yosh bokschi ishtirok etdi. O‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionati 13 vazn toifasida o‘tkazildi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Filippinga yo‘l olgan 13 bokschidan o‘ntasi uchrashuv yakunida sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.
Final janglarida ringga ko‘tarilgan olti nafar bokschining uchtasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib oltin medallarga sazovor bo‘lishdi va Osiyo chempionligini tantana qilishdi. Hal qiluvchi bahslarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan uch nafar o‘zbekistonlik bokschilar kumush medal bilan kifoyalanishdi.
Final janglari natijalari:
-52kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Bibars Jekshen (Qozog‘iston) - 1:4
-54kg: Rahmatullo Toshpo‘latov - Aitjan Ashirxan (Qozog‘iston) - 0:5
-57kg: Javlonbek Yuldashev - Seon Gun Gox (Janubiy Koreya) - 5:0
-63kg: Nurislom Ismoilov - Umar Kuvanchbek Uli (Qirg‘isiston) - 4:1
-66kg: Asadbek Jumaniyozov - Sora Tanaka (Yaponiya) - 0:5
+80kg: Shohruh Almatov - Satender Singh (Hindiston) - 3:2
Osiyo chempionati yakunlariga ko‘ra Javlonbek Yuldashev (-57kg.), Nurislom Ismoilov (-63kg.) va Shohruh Almatov (+80kg.) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsalar, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-52kg.), Rahmatullo Toshpo‘latov (-54kg.) va Asadbek Jumaniyozov (-66kg.)larga kumush medallar nasib qildi.
Shuningdek, musobaqa yakunlanishidan bir kun avval Muhammadmuso Abduraxmanov (-46 kg.), Ruslan Abdullaev (-48 kg.), Sherzod Qodirboyev (-60 kg.) va Kamronbek Raxmonov (-80 kg.)lar bronza medalini O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga yozib qo‘yishgandi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Ushbu natija evaziga O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini Qozog‘iston delegasiyasidan so‘ng faxrli ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jahon chempionatida ishtirok etish uchun 7 avgust kuni Germaniyaga uchib ketishdi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi