Fransiyada Neymar o‘yinini ko‘ruvchi ishqibozlar soni bir milliondan oshdi

Fransiyada Neymar o‘yinini ko‘ruvchi ishqibozlar soni bir milliondan oshdi
Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar chempionatning 2-turidan o‘rin olgan “Gengam”ga qarshi uchrashuv (3:0) da parijliklar safida debyut o‘yinini o‘tkazdi.

“Canal+” telekanali orqali uzatilgan “Gengam” – PSJ uchrashuvida gol urgan Neymarning o‘yinini Fransiyada 1,25 million tomoshabin ko‘rgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Neymar maydonga tushgan o‘yin Fransiya chempionatining aprel oyidagi PSJ – “Nissa” uchrashuvi (1,4 mln) dan so‘ng eng ko‘p tomoshabinni yig‘a oldi, deydi Qalampir nashri.

Bundan tashqari, “Gengam” – PSJ uchrashuvi translyatsiyasi yakshanba oqshomidagi eng ommabop ko‘rsatuvlar ro‘yxatining kuchli beshligiga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymar transferi uchun “Barselona”ga 222 million yevro to‘ladi va uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar