
Engil atletika bo‘yicha 8 karra Olimpiya chempioni, sportchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan yamaykalik sprinter Useyn Bolt xayriya futbol uchrashuvida ishtirok etadi.
Bolt uchrashuvda “Manchester Yunayted” safida jamoaning Pol Skoulz, Gari Nevill, Edvin Van der Sar kabi sobiq o‘yinchilari bilan birgalikda “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 2 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
30 yoshli Bolt anchadan beri faoliyatini yakunlagach, o‘z kuchini futbolda sinab ko‘rish istagi borligini aytib keladi. U hattoki bir necha futbol klublarida, jumladan “Manchester Yunayted” va Dortmundning “Borussiya”si mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Sportchining o‘zi “MYu”ga muxlislik qilishini aytadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar