16:24 / 19.08.2017
4 252

Mourinyu «MYu»ga yana bir futbolchini olib kelmoqchi

Mourinyu «MYu»ga yana bir futbolchini olib kelmoqchi
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu yana bir futbolchi sotib olish istagi borligini aytib o‘tdi.

«Men Vudvordga («MYu» rahbarlaridan biri) to‘rtinchi futbolchini sotib olish haqidagi rejalarimni aytdim, ammo yana unga men tomondan bosim o‘tkazilmasligi va o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ishni qilishini aytdim.

Biz yozgi va qishki transfer mavsumida ham birgalikda ishlaymiz, shunday ekan men tomondan hech qanday bosim bo‘lmaydi. Men hozirgi jamoamdan qoniqmoqdaman va yangi futbolchisiz ham davom etishga tayyorman», – deydi Mourinyu.

Eslatib o‘tamiz, ushbu transfer mavsumida Nemanya Matich, Romelu Lukaku va Viktor Lindelyoflar mankunianliklar safini to‘ldirdilar.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu «MYu»ga yana bir futbolchini olib kelmoqchi