23:31 / 20.08.2017
6 190

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inga kirishdi (Foto)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inga kirishdi (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi so‘nggi ikki o‘yini oldidan bugun, 20 avgust kuni Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishdi.
“Paxtakor” stadionida o‘tkazilgan yig‘inning ilk kunida asosan Oliy Liga klublarida to‘p surayotgan futbolchilar ishtirok etdi.

Legionerlardan Anzur Ismoilov milliy termaga kelib qo‘shildi. Qolgan legionerlar terma jamoa ixtiyoriga keyinroq etib keladi.



Bugungi mag‘shulotlar tiklanish jarayoni bilan boshlandi va yengil mashqlar bajarildi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlikka ham e’tibor qaratildi.

Gollandiyalik mutaxassis Chima Mishel Oneke futbolchilar bilan yakka tartibda ishladi.

Mashg‘ulot davomida futbolchilarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida kichik musobaqalar o‘tkazildi.

Berilgan shartlarni tez va chaqqonlik bilan bajargan futbolchilar bosh murabbiy Samvel Babayan tomonidan kichik rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.


O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 avgust kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Samvel Babayan bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yini hamda JCh–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlariga 27 futbolchini jalb qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.

Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inga kirishdi (Foto)