O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi JCh saralashi doirasida Filippinni 5:1 hisobida engdi

8 sentyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Manila shahrida Filippin terma jamoasiga qarshi 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash o‘yinlarining ikkinchi bosqichi, 3-tur o‘yinini o‘tkazdi.
Bu o‘yinning birinchi taymidayoq 3:0 hisobidagi ustunlik ta’minlandi. Birinchi taymda, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov va Igor Sergeev o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Ikkinchi taymda esa Sardor Rashidov va Igor Sergeev yana bir martadan aniq zarba yo‘llashdi. Raqibning javob goliga esa ikkinchi taymda maydonga tushirilgan Shrok mualliflik qildi.
Shu tarqiqa, Samvel Babayan boshchiligidagi ikkinchi o‘yin ham g‘alaba bilan yakunlandi. 3 sentyabr kuni Toshkentda Yaman terma jamoasi mag‘lub etilgandi. Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z guruhida 3 o‘yindan 6 ochko to‘plagan holda ikkinchi bo‘lib turibdi.
JCh-2018 saralashi
Filippin - O‘zbekiston — 1:5
Gollar: Odil Ahmedov (1), Sardor Rashidov (14, 81), Igor Sergeev (43, 65) - Shrok (69)
Filippin: Eseridj, Palla, Vudland (Aguinaldo, 46), Ramsey (Shrok, 46), Ott, Musag, Yangxazbend, Daysuki, Lyusena, Patino, Martin
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Egor Krimes, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Stanislav Andreev, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sardor Rashidov, Igor Sergeev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing