12:36 / 21.08.2017
6 071

“Manchester Siti” Messi uchun gigant summadan voz kechishga tayyor

“Manchester Siti” Messi uchun gigant summadan voz kechishga tayyor
Angliyaning “Manchester Siti” futbol jamoasi Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messini 300 million evro evaziga sotib olishga qaror qildi.

Argentinalik futbolchining “Barselona” bilan shartnomasidagi tovon puli aynan 300 million evro sifatida ko‘rsatib qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 avgust kuni “Barselona”ni boshqa bir mashhur braziyalik futbolchi Neymar tark etgandi. Neymar Fransiyaning PSJ klubiga borib qo‘shildi.

Fransuzlar yangi futbolchi uchun 222 million evro sarflab, uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdilar.

Ma’lumot o‘rnida, shu yilning iyul oyida Messi “Barselona” bilan shartnoma muddatini 2021 yilgacha uzaytirgandi.

Unga ko‘ra, argentinalik futbolchi haftasiga million funt sterling daromad oluvchi ilk futbolchi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Lionel kataloniyaliklar bilan muzokara vaqtida jamoani tark etish niyati yo‘q emasligini ham ma’lum qilgan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” Messi uchun gigant summadan voz kechishga tayyor