«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining uchinchi turi doirasida «Mets»ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagani sabablari ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
18 yoshli futbolchi jamoadoshi Andrea Radji bilan janjallashgani tufayli mashg‘ulotlardan chetlatilgan. Mbappe mashg‘ulotni tark etishni istamagan, shundan so‘ng futbolchilar boshqa maydonga ketib, mashg‘ulotni davom ettirishgan.
Fransiya chempionatining birinchi turida «Tuluza»ga qarshi o‘yinda Mbappe faqat 75 daqiqa o‘ynagandi. Ikkinchi turda «Dijon»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda u zaxirada o‘tirdi.
Qayd etish kerakki, ushbu yosh hujumchi yozbo‘yi ko‘plab klublar e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bundan avvalroq Mbappe «PSJ»ga o‘tishga rozilik bildirgani, endi parijliklar klubi «Monako» bilan kelishishi qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bu yozda transferlar mojarolari ko‘p sodir bo‘lmoqda. «Borussiya» va «Liverpul» futbolchilari klublari «Barselona»dan kelgan takliflarni qaytarishgach, jamoa uchun o‘ynashdan bosh tortishgan. Shuningdek, «Sauthempton» himoyachisi Virgil van Deyk «isyon» qilmoqda. Unga «Liverpul» va «Chelsi»dan jiddiy qiziqishlar mavjud, lekin «avliyolar» niderlandiyalik futbolchisini sotishni istamayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)