23:01 / 21.08.2017
5 221

Fransiya chempionati. 3-tur natijalari va to‘liq jadval

Fransiya chempionati. 3-tur natijalari va to‘liq jadval
Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu tur bir qator yodda qolarli vaziyatlarni taqdim etdi.

“Monako” Falkaoning yagona goli evaziga “Mets”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “Lion” kutilmaganda “Bordo” bilan durang o‘ynab qo‘ydi.

O‘tgan ikki turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan “Nissa” nihoyat ushbu turda g‘alaba qozondi. “Sent-Eten” esa g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda, bu safar jamoa “Amen”ni yirik hisobda engdi.

“Marsel” ham ushbu turda ochko yo‘qotdi, marselliklar “Anje” to‘sig‘idan o‘tolmadilar.

“PSJ” esa navbatdagi yirik g‘alabasini nishonladi, Parijliklar o‘z maydonlarida “Tuluza”ni er tishlatdilar. Neymar ushbu o‘yinda ikkitadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

3-tur natijalari va to‘liq jadval bilan tanishing:



Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiya chempionati. 3-tur natijalari va to‘liq jadval