
Kecha, 23 avgust kuni “Barselona” futbol klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi xakerlar hujumiga uchradi.
Xakerlar sahifaga Fransiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani “Barselona”ga o‘tgani haqidagi yolg‘on xabarni joylashgan.

“Barselona” rahbariyati Angliyaning “Liverpul” klubidan yarim himoyachi Felippe Koutinoni sotib olish bo‘yicha o‘tkazgan muvaffaqiyatsiz muzokaradan so‘ng, Di Mariyani harid qilish bo‘yicha harakatlarni boshlagandi.
“Barselona” sahifasiga uyushtirilgan hujum javobgarligini Saudiya Arabistonining “OurMine” xakerlik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
“OurMine” xakerlik guruhi bundan avval “CNN” nashrining feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini, “Netflix” va “Marvel” ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar kompaniyalarining sahifalarini ham buzgandi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ yozgi transferlar vaqtida “Barselona”dan braziliyalik hujumchi Neymarni 222 million evro evaziga sotib olib, uni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirgandi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar