08:45 / 25.08.2017
5 793

Messining otasi «Manchester Siti» bilan muzokara boshladi

Messining otasi «Manchester Siti» bilan muzokara boshladi
Lionel Messi Ispaniya chempionatini tark etishi mumkin.

Tribuna.uz nashri yozishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi o‘z o‘g‘lining «Manchester Siti»ga transferi borasida muzokara boshladi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar futbolchi katalonlar klubi bilan shartnomasi muddati yakunlanishini istashmoqda.

Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi Xosep Gvardiola jamoasiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin bo‘ladi. Futbolchi 2018 yil yozigacha tuzilgan shartnomasini uzaytirmay kelmoqda.

Shu kunlarda «Barselona» prezidenti Messi yangi shartnomaga imzo chekib bo‘lganini aytmoqda. Lekin bu shartnoma haqida e’lon qilinmadi.

Bundan avvalroq futbolchi jamoaning transfer siyosatidan norozi ekani va klubni tark etmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, Manchester jamoasi futbolchi transferi uchun 300 mln evro sarflashi mumkinligi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining otasi «Manchester Siti» bilan muzokara boshladi