
Angliyaning “Everton” klubi va Islandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson bugun, 25 avgust kuni Yevropa ligasining pley-off bosqichida 50 metr uzoqlikdan “Hayduk” jamoasi darvozasiga ajoyib gol urdi.
Avvaliga 43-daqiqada “Hayduk” futbolchisi Yosip Radoshevich kuchli zarbasi bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Oradan uch daqiqa o‘tib, Gilfi Sigurdson maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va taxminan 50 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Sigurdson zarbani yo‘naltirgan vaqtda “Hayduk” klubi darvozaboni biroz oldinga chiqib ketgandi. Uchrashuv 1-1 hisobida yakunlandi.
“Everton” ushbu natija evaziga Yevropa Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘yinda “Everton” 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar