Shu haftaning payshanba kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Uxan shahrida Xitoy termasiga qarshi JCh-2018 saralash uchrashuvini o‘tkazadi.
O‘yinning qadri v ahamiyati hammamizga ma’lum. Endi ochko yo‘qotish ketmaydi.
Bu narsani barcha guruhimiz a’zolari yaxshi bilib turishibdi va ular so‘nggi ikki o‘yinda maksimal ochko jamg‘arishni niyat qilishgan.
Biz Xitoy matbuoti bilan qiziqdik. 31 avgust kungi o‘yin atrofini o‘rgandik.
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda chop etiladigan bir qator nashrlar ushbu o‘yinga u yoki bu ko‘rinishda to‘xtalib o‘tgan. Ularning aksariyatida, masalan China Daily, Shanghai Star, South China Morning Post va The China Post gazetalarida Xitoy termasining JCh-2018ga chiqishiga unchalik ishonishmayapti.
"Lippi shogirdlari Uxanda bu safar g‘alaba qozonishlari shart. O‘zbekiston bilan o‘ynasa bo‘ladi. Garchi, tarkibda Ahmedov, Jeparov, Geynrix kabi futbolchilari bo‘lsada, termamiz 35 ming muxlis qarshisida g‘alabani tantana qilishi mumkin.
Agar Xitoy termasi qolgan 2 o‘yinni ham yuta olsa milliy federatsiya tomonidan mukofotlanadi.
Hali nazariy jihatdan imkon bor ekan, so‘nggi daqiqalargacha kurashish kerak", - degan mazmunni uqib olish mumkin nomlari yuqorida keltirilgan gazetalarning "Sport" rukni ostidagi xabarlarda.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”