O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasida 31 avgust kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadigan safar o‘yini «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali sayti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, efir vaqtiga o‘zgartirish kiritilgan.
«Biroz avval saytimizda jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan futbol bo‘yicha Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv jonli efirda namoyish etilishi so‘roq ostida turgani haqida xabar bergan edik.
Hozirgina olingan xabarlarga ko‘ra, «Sport» teleradiokanali o‘z dasturlariga o‘zgartirish kiritdi va mazkur uchrashuv soat 16:45 dan boshlab efirga uzatiladi», deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko jamg‘argan holda A guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi ikki o‘yindagi g‘alaba jamoamizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga olib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”