Namanganning "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov O‘zbekiston chempionatida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Janubiy Koreya davlatiga safar uyushtiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Murabbiy 30 avgust kuni Janubiy Koreyaga yo‘l oladi. Xorij safaridan maqsad JCh-2018 saralash turniridan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilishdan iborat.
Mo‘minjonov uchrashuvni tomosha qilish bilan bir qatorda JCh saralashidagi terma jamoamizning so‘nggi raqib o‘yin uslubini o‘rganish va malaka oshirishni ham maqsad qilgan.
Janubiy Koreya safari davomida Ilhom Mo‘minjonovga "Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov hamrohlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz JCh saralashidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Eron terma jamoalari uchrashuvi 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”