
"Everton" hujumchisi Ueyn Runi 31 avgust kuni politsiya tomonidan hibsga olindi.
Bunga futbolchi mast holda mashina boshqarganligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Huquqni himoya qiluvchi organlar Angliya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi Runini u yashaydigan Cheshir grafligi yaqinida qo‘lga olishgan.
23 avgust kuni Runi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi. U milliy terma jamoa safida 119 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar