17:33 / 04.09.2017
5 623

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi prevyusi

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi prevyusi
O‘zaro uchrashuvlar

Jamoalar shu kunga qadar 14 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. 10ta uchrashuvda Janubiy Koreya, 1ta o‘yinda hamyurtlarimiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 qarama-qarshilikda g‘olib nomi aniqlanmagan. JCh-2018 saralash bosqichi birinchi davrasida Samvel Babayan shogirdlari Seulda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan edi.

Gollar nisbati 30 - 14 koreyaliklar foydasiga. Mazkur qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alaba JCh-1998 saralashi doirasida qayd etilgan. O‘shanda hamyurtlarimiz o‘z maydonlarida 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.

O‘zbekiston termasining yagona g‘alabasi 1994-yil Xirosimada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritlgan. Mazkur bahs tomonlarning ilk rasmiy o‘yini hisoblanadi.

Quyida jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi 5 o‘yinda qayd etilgan natijalar bilan tanishing.

11.09.2012 O‘zbekiston - Janubiy Koreya 2:2 | JCh-2014 saralashi

11.06.2013 Janubiy Koreya - O‘zbekiston 1:0 | JCh-2014 saralashi

22.01.2015 Janubiy Koreya - O‘zbekiston 2:0 | Osiyo Kubogi 2015. chorak final

27.03.2015 Janubiy Koreya - O‘zbekiston 1:1 | O‘rtoqlik uchrashuvi

15.11.2016 Janubiy Koreya - O‘zbekiston 1:2 | JCh-2018 sarlashi

Yo‘qotishlar

O‘zbekiston termasi mazkur o‘yinga tarkibda ba’zi yo‘qtishlar bilan tashrif buyurmoqda. Xitoyga qarshi bahsda Yegor Krimets va Marat Bikmayev sariq kartochka olishdi. Shu bois bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuborishadi. Shuningdek, Igor Sergeyev ham Xitoyga qarshi bahsda jarohat olgan va bugungi uchrashuvga tushishi so‘roq ostida. O‘tgan turda sariq kartochkalari to‘planib qolgani sabab o‘yinni o‘tkazib yuborgan Davron Hoshimov esa bo‘lajak o‘yinda jamoaga yordam bera oladi.

Janubiy Koreya teramasida esa o‘ng qanot himoyachisi Choi Chul Sun diskvalifikatsiya tufayli O‘zbekiston bilan bahsda ishtirok eta olmaydi. Lekin jamoa sardori Ki Sun Yo‘ng asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda.

Guruhdagi vaziyat

Osiyo mintaqasidan JCh-2018 saralash bosqichi "A" guruhi 9-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Eron 21 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 14 ochko bilan hozircha 2-pog‘onani egallab turibdi. 3-o‘rin Suriya termasiga tegishli. Ayni damda hamyurtlarimiz bilan bir xil 12 ochko jamg‘argan suriyaliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra oldinda. Hisobida 9 ochko bo‘lgan Xitoy 5-pog‘onada bo‘lsa, 7 ochkoga ega bo‘lgan Qatar eng so‘ngi 6-o‘rinni egallab turibdi.

"A" guruhi 10-turning qolgan o‘yinlari

Sarlash bosqichi 10-turida Eron Suriyani qabul qiladi. Qatar Xitoy bilan bellashadi.

20:00 O‘zbekiston - Janubiy Koreya

20:00 Eron – Suriya

20:00 Xitoy – Qatar

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Manba: «UzReport»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi prevyusi