Hammasi o‘sha mash’um tarixdan boshlandi. Aniqrog‘I, bizni quvontirgan xabarning ketidan noxushxabar keldi. Mirjalol Qosimovning iste’foga chiqishi bizni quvontirgandi o‘shanda, Samvel Babayanning bosh murabbiy etib tayinlangani esa umuman kutilmagan va tushunarsiz holat bo‘ldi. Ko‘nglimiz bir g‘ashlikni sezgan ekan. O‘shanda Babayanning terma jamoa murabbiyi etib tayinlanishi o‘zbek futbolining tanazzuli yo‘lida tashlangan dastlabki qadam bo‘lgandi. Buni o‘shanda Babayanni terma jamoa murabbiyi qilib tayinlaganlar ham vaziyatning shunday tus olishini tusmollashgan, axir menejer murabbiy bo‘la olmasligini futbolni tushunmaganlar ham biladi, vaholanki, o‘zbek futbolini futbolni tushunadiganlar boshqaryapti-ku!
AYYoRONA START
Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlangach, ko‘pchilik bundan norozi bo‘lgandi. Biroq keyinchalik terma jamoamiz shunaqangi raqiblar bilan o‘ynadiki, biz bu raqiblarni murabbiysiz ham mag‘lub etardik. Shimoliy Koreya ustidan qozonilgan g‘alaba esa shunchaki oldingi murabbiylardan qolgan taktika asorati edi. Xullas, kuchsiz raqiblar tanlandi, terma jamoamiz bunday kuchsiz raqiblarni, tabiiyki, mag‘lub etdi va bunday soxta g‘alabalar yordamida Babayan salkam daho darajasiga chiqarildi. Chunki Samvel Babayan boshchiligida terma jamoamiz o‘ziga xos mag‘lubiyatsiz seriyani ham vujudga keltirgandi, biroq bora-bora asl vaziyat oydinlasha bordi.
INQIROZNING BOShLANIShI
Samvel Babayan terma jamoaga o‘zining tushunarsiz taktikasini singdira borgani sari terma jamoaning o‘yini kuchsizlasha bordi. Avvalo, Samvel Babayan tarkibni o‘ta jinnicha holatga keltirdi. Biz shu paytgacha umuman ko‘rmagan allaqanday Aleksandr Lobanov qisqa muddat ichida terma jamoaning asosiy posboniga aylandi. Babayanning nega bunday ahmoqona qarorga kelganini esa uning o‘zi va Yaratgan Egam biladi, xolos. Shunisi aniqki, u bunday qarorga terma jamoa manfaatini o‘ylab kelgani yo‘q, chunki asosiy tarkibga munosib bo‘lmagan va ishonchni oqlamagan darvozabonni asosiy tarkibga joylashtirish terma jamoaga faqat va faqat zarar keltiradi. Babayan buni bilardi, keyinchalik ishonch hosil qildi ham, ammo u shunchaki terma jamoaning g‘alaba qozonishi kerakligi haqidagi tushunchalarga tupurib qo‘ydi, Lobanov terma jamoani inqirozga yetaklagan omillardan biri bo‘ldi.
Keyin esa qayerdandir Sergeyev paydo bo‘ldi. Babayan esa bu futbolchini terma jamoaning asosiy tarkibiga muhrlab qo‘ydi. Bu qaror esa keyinchalik shunaqangi zarar keltirdiki... Eng alam qiladigani Xitoyga qarshi o‘yinda ikki yildan beri biror marta gol urolmagan Sergeyev tushirildi va kutilganidek ishonchni oqlamadi, qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurdi. Oqibatda Xitoy birgina vaziyatdan foydalanib, g‘alabani ilib ketdi. Natijada ahvolimiz yanada og‘irlashdi. Oldinda bizni Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin kutib turardi va bu o‘yinda g‘alaba qozonishga majbur edik. Odatda, murabbiy bunday vaziyatlarda ishonchni oqlaydigan futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushiradi. Biroq Samvel Babayan yana terma jamoamizga xoinlik qildi, nomardlik qildi. Asosiy tarkibda yana Sergeyev maydonga tushirildi. Ba’zida Babayanni aynan Sergeyev yoki boshqa ba’zi futbolchilarning terma jamoa asosiy tarkibida o‘ynashi uchun yollangan ishchiga o‘xshataman. Chunki Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda ham Sergeyevning asosiy tarkibda maydonga tushirilishini boshqacha izohlay olmayman. Qani Temurxo‘ja Abduxoliqov? Qani Fozil Musayev? Bizningcha, nafaqat Samvel Babayan, balki butun boshli murabbiylar shtabi terma jamoaning manfaatiga tupurib qo‘ygandek. Chunki Sergeyev yoki Lobanovning terma jamoa darajasidagi o‘yinchi emasligini yordamchi murabbiylar yaxshi bilishardi, biroq ular ham miq etishmadi, aksincha, tashabbus ko‘rsatishgandir, balki. Nima bo‘lganda ham aynan murabbiylar shtabining uquvsizligi, savodsizligi, vijdonsizligi tufayli Janubiy Koreyaga qarshi juda nochor tarkib tanlandi. Igor Sergeyev o‘ynagan daqiqalar ko‘kka sovurildi, Akmal Shorahmedovning esa hech narsadan hech narsa yo‘q jo‘natib yuborilib, o‘rniga jarohatidan endigina qutulgan Davron Hoshimovning tushirilishi esa o‘zbek futbolining, terma jamoa taqdirining ustidan ochiqchasiga kulish bo‘ldi. Davron Hoshimovning asosiy tarkibda tushishi terma jamoaning manfaatidan ustun keldi. Sergeyev haqida ham xuddi shunday deyish mumkin,
Alam qiladigani, kecha Janubiy Koreya jon kuydirib o‘ynagani yo‘q. kecha Janubiy Koreya g‘alaba uchun harakat qilmadi. Agar astoydil o‘ynaganida koreyslar kamida 2 ta gol urishardi. Lekin raqib bizga imkon berdi, biz esa ayrim oyog‘I qiyshiqlarning kasriga qoldik, hatto ikkinchi bo‘limda Geynrixning zarbasini inobatga olmaganda tuzuk zarba ham bera olmadik. Natijada bizni mutlaqo qoniqtirmaydigan durang qayd etildi. Eng qizig‘I, hayot-mamot o‘yinida urush o‘chog‘ida yashayotgan suriyalik futbolchilar Eron darvozasiga ikkita gol kiritdi. Bizning futbolchilar esa to‘qlikka sho‘xlik qilib, tarallabedod qilishdi. Yo‘qsa Xitoyga yutqazganlaridan keyin samolyotda bemalol o‘yin o‘ynashmasdi, bir dunyo sovg‘a-salom olish esa ko‘nggillariga sig‘masdi. Samvel Babayan esa aynan terma jamoa uchun qayg‘ura olmaydigan futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qildi, axir o‘zi ham terma jamoamiz uchun qayg‘urmasdi-da!
Xullas, Samvel Babayan o‘zbek futbolini qutqarish uchun kelgandi, biroq umuman qutqarib bo‘lmaydigan holga solib ketdi. Babayan o‘zbek futbolining go‘rkoviga aylandi. Hayronman shunday sharmandagarchiliklardan keyin murabbiylar va futbolchilarimiz qanday bosh ko‘tarib yurisharkin? Yoki shunchalik bezlashib ketdikmi?
Endi keyingi mundialni kutamiz. Ungacha Babayanning ketishi aniq, bizningcha. Faqat o‘zbek futboli rahbariyatidan ham talab, ham iltimos, Babayanning o‘rniga chinakam mutaxassisni olib keling, ishqilib, bu safar mexanik yoki santexnikni murabbiy qilib tayinlamang. Axir shuncha odamning nafratiga takror va takror qolishni istamassiz...
Manba: stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi