Konte «Barselona»ni boshqarishi mumkin

Konte «Barselona»ni boshqarishi mumkin
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunida londonliklar jamoasini tark etib “Barselona” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin.

Tuttomercatoweb Radio nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati Kontening agenti bilan aloqaga chiqishgan. Agar italiyalik mutaxassis “aristokratlar”ni tark etsa, “Barsa” uning uchun eng muqobil variant bo‘lib ko‘rinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Konte ko‘li ostida birinchi urinishdayoq Premyer-ligada g‘olib chiqqan edi.

Manba: www.uff.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar