O‘zbekiston futboli kelajagi yuqorisida turgan rahbarlardan lavozimlariga ma’suliyatli bo‘lishni chindan iltimos qilib so‘ragan bo‘lardik...
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 yo‘llanmasidan mahrub bo‘ldi va yakunda yomon natija uchun barcha ayb bosh murabbiy Samvel Babayanga yuklatildi.
Ha, to‘g‘rida hech kimning maslahatini bir tiyinga olmaydigan na birovlarni xurmat qiladigan insonni kim ham ardoqlasin. Uning qaysi jihati uchun muxlislar undan rozi bo‘lishsin? Yoki xatolarni takror va takror amalga oshirib kelayotgani uchun yaxshi ko‘raylikmi?
Millionlab futbolsevar o‘zbek muxlislarning qalbida Babayan haqida faqat salbiy fikrlar uyg‘ondi. Hatto, o‘sha Babayanga haykal qo‘yish kerak, yoki ro‘za-ramazon oylarida imkon beraylik deganlar ham endi burchaklarda berkinib yurishadi.
To‘g‘ri, hammasiga uzr so‘rashni bilmaydigan Babayan va uning atrofida yurgan hamtovoqlari aybdor. Bundan boshqa bahona yoki sababni topa olmadim. Samvel sen shunchaki umidlarimizni so‘ndirding, senga qo‘shtirnoq ichida katta rahmatlar aytamiz!
Shaxsan o‘zim stadionda turib o‘yinni tomosha qildim va shuning bahonasida uchrashuvni sharhlab borgan, umid uchqunlari yakuniga yetgandan keyin ro‘y bergan holatni ko‘ra olmadim. Kamina bu vaqtda matbuot anjumaniga tayyorgarlik va Babayanga beriladigan savollarni tayyorlayotgandim.
Ammo o‘sha Babayan matbuot anjumanida qisqacha chiqish qildida, jurnalistlarning ruxsatisiz qayergadir chiqib ketdi. Qisqasi, bizni mensimasdan manziliga yo‘l oldi. Futbolchilar esa yer osti yo‘llari orqali g‘oyib bo‘lib qolishdi.
Masalaning asosiy mavzusi bu emas. Eng ta’sirlanadigan holatlar shundan iborat bo‘ldiki, uchrashuv yakuniga yetgach, Geynrih, Ahmedov Denisov, Haydarov, Nesterovlarning afsus bilan to‘kayotgan ko‘z yoshlarini ko‘rib, go‘yoki ularning ichidan kechayotgan dardlarini biroz bo‘lsada tushunishga urundim.
Ularning jahon chempionatiga chiqish orzulari so‘nib bo‘ldi, 4 yildan keyin ularda na vaqt bo‘ladi na jismoniy holati javob beradi. Geynrix termadagi faoliyatini o‘sha kunning o‘zidayoq yakunladi.
Sasha to‘g‘ri qildi. Aslida bu qarorni avvalroq qabul qilishi kerak edi, u ham nima qilsin jahon chempionatiga borish imkoniyatini oxirigacha kutib sabr qilgandi. Ammo...
Bu vaqtda istamasam ham ko‘zimdan shashqator yoshlar qalqib chiqib turardi. Alam ko‘z yoshlarini esa to‘xtatishning iloji bo‘lmadi. Anzur Ismoilovning Eron – Suriya o‘yini natijasini bilganidan keyingi afsuslanishi, muxlislarning ichidagi og‘rigi, bularning bariga endi kim javob beradi?
Hayrulla Xamidovning olov kabi yonib, kuyunishlarigachi?... Jahon chempionatidan mahrum bo‘lganimiz uchun ma’suliyatni endi kim o‘z bo‘yniga oladi?
Muxlislardan yana nima kerak? Ularning aybi stadionni to‘ldirib, bir ovozdan baralla “O‘zbekiston” deya qo‘llab – quvvatlab turishganimi yoki chiptalarni o‘z narxidan ikki hissa qimmatga sotib olishganimi? Ulardan yana nimalar so‘rash mumkin?
Deylik, Samvel Babayan iste’foga chiqarildi, biroq uzoq kutilgan 4 yil muddatni bizga endi kim qaytarib beradi? Shunchaki, oddiygina iste’foga chiqarish bilan qalblardagi yaralarni qayta tiklab bo‘larmikin?
Yaxshi bilamizki endi oldimizda yana 4 yil kutishdek og‘ir vazifa turibdi. Shu sabab asnosida O‘zbekiston futboli kelajagi yuqorisida turgan rahbarlardan lavozimlariga ma’suliyatli bo‘lishni chindan iltimos qilib so‘ragan bo‘lardik.
Yoki jahon chempionatiga chiqish kabi qiyin vazifani yana yuzlab yillar kutishimizga to‘g‘ri keladi. Barchasiga ming afsus...
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi