O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan JCh saralashidagi muvaffaqiyatsizliklar uchun kechirim so‘ramoqchi bo‘lgan edi. Ammo tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda O‘FF matbuot xizmati bu borada Babayanga vositachilik qilishni istamagan. Murabbiy iste’foga chiqarilgandan so‘ng bu ish O‘FF matbuot xizmatining vakolatiga kirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralashida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajara olmadi. Ammo sobiq bosh murabbiy Samvel Babayan mag‘lubiyatlar uchun biror marta ham aybni o‘z zimmasiga olmadi va har safar turli sabablarni keltirdi. Shuningdek Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o‘yindan (0:0) so‘ng ham murabbiy aybni o‘z bo‘yniga olmagan va hatto jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortgan edi. Aslida Babayan o‘sha rasmiy tadbirda kechirim so‘rashi lozim bo‘lgan. Ammo u buni istamadi.
Nihoyat Babayan muxlislardan kechirim so‘rashga ahd qildi va bu ishni o‘ziga yaqin bo‘lgan nashrlar orqali amalga oshirdi. Chunki aksariyat nashrlar oxirgi matbuot anjumanida Babayan tomonidan jurnalistlarga nisbatan qilingan hurmatsizlikdan so‘ng undan intervyu olishni istamayapti.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi