16:01 / 09.09.2017
4 857

“Asian Fight–2017”: turnirdagi markaziy janglardan biri o‘tkazilmaydi

“Asian Fight–2017”: turnirdagi markaziy janglardan biri o‘tkazilmaydi
Bugun, 9 sentyabr kuni miks silat sport turi bo‘yicha “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight–2017” turniri o‘tkaziladi.

Turnirga faxriy mehmon sifatida amerikalik aktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal taklif etilgan.

Stiven Sigal kecha, 8 sentyabr kuni O‘zbekistonga yetib keldi va Toshkentning turli joylariga tashrif buyurdi.

Sigal dastlab Toshkentdagi nufuzli oliygohlardan biri bo‘lmish O‘zbekiston madaniyat va san’at institutiga tashrif buyurdi. Bu yerda faxriy mehmonni institut rahbarlari iliq tarzda kutib olishdi.

Institut prorektori Stiven Sigalni oliygoh bilan tanishtirib chiqdi. Shundan so‘ng jang san’ati ustasi talabalarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Madaniyat va san’at institutidagi tadbir yakuniga yetgach, Stiven Sigal Toshkent viloyati Zangi ota tumani “Babos” ot sporti saroyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tashkilotchilar barcha mehmonlar uchun kichik konsert taqdim etishdi.

Shuningdek, kecha “Asian Fight–2017” turnirida ishtirok etadigan sportchilarning vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda barcha sportchilar va musobaqa tashkilotchilari ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, “Asian Fight–2017” turniri uchun yana bir yo‘qotish yuzaga keldi. Markaziy janglardan biri bo‘lishi kutilgan Anvar Boynazarov hamda afg‘onistonlik G‘ulom Dastagir ishtirokidagi jang o‘tkazilmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunga Bangkokdan Toshkentga ucha olmagan samolyot sabab qilib ko‘rsatilgan.

Janglar boshlanishidan oldin soat 18:00 da “Bunyodkor” stadionida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Asian Fight–2017”: turnirdagi markaziy janglardan biri o‘tkazilmaydi