
Yevropa chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan eng markaziy uchrashuvlardan biri D guruhida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yilgi chorak finalchilar «Barselona» va «Yuventus» yana o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.
«Kamp Nou»da kechgan uchrashuv tarixiy natijaga aylandi. Lionel Messi Buffon darvozasiga ilk marta gol kiritgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda uning o‘zi dublni rasmiylashtirdi. Ivan Rakitichning goli bilan esa hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi va «Barsa» o‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun munosib qasos olishga muvaffaq bo‘ldi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Olimpiakos» o‘z uyida «Sporting»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob yirik ko‘rinish olgandi. Biroq greklar ikkinchi bo‘limda o‘ziga kelib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishgandi. Biroq mag‘lubiyatdan qutulib qolish pireyliklarga nasib etmadi.
D Guruhi
Barselona (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 3:0 (1:0)
Gollar: Messi (45, 69), Rakitich (56).
Barselona: ter Stegen, Alba, Pike, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Paulino, 77), Inesta (Andre Gomesh, 83), Buskets, Dembele (Serdji Roberto, 71), Suares, Messi.
Yuventus: Buffon, Aleks Sandro, Benatiya, Bardzali, De Shilo (Sturaro, 41), Matyuidi, Bentankur (Bernardeski, 63), Pyanich, Duglas Kosta, Dibala, Iguain (Kaligara, 87).
Ogohlantirishlar: Bentankur (25), Nelson Semedu (35), Messi (54), Bardzali (61), Pyanich (75), Kaligara (89).
Olimpiakos (Gretsiya) – Sporting (Portugaliya) 2:3 (0:3)
Gollar: Pardo (89, 90) – Dumbiya (2), Jelson Martinsh (13), Fernandesh (43).
Olimpiakos: Kapino, Engels, Figeyrash, Elabdellaui, Jiye, Odjidja-Ofoe, Romao, Fortunis (Zdelar, 46), Karsela-Gonsales (Pardo, 78), Marin, Djurdjevich (Emenike, 62).
Sporting: Ruy Patrisiu, Koates, Silva, Pichchini, Mate, Fernandesh (Ristovski, 87), Vilyam Karvalyu, Akunya, Battalya, Jelson Martinsh (Bruno Sezar, 72), Dumbiya (Dost, 63).
Ogohlantirishlar: Romao (23), Figeyrash (47), Battalya (77), Elabdellaui (84), Fernandesh (87), Bruno Sezar (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar