Oliy liganing 21-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.
- O‘yinni qanday ta’riflashga ham hayronman. Nima deb izoh berishni ham bilmayman. Biz umuman futbol o‘ynamayapmiz. Jamoamiz raqibga umuman qarshilik ko‘rsatmayapti, kurash taklif etmayapti. Biz o‘zimiz yutqazib beryapmiz.
Bizga g‘alaba yetishmayapti. Futbolchilarimiz bir-birlariga to‘p uzatishga qo‘rqishmoqda. "Neftchi" raqibni o‘yin bilan qiyin holatga tushirish uyoqda tursin, ularga bemalol futbol o‘ynash uchun sharoit yaratib bermoqda. Biz to‘p uchun kurashmayapmiz. To‘p bizga kelib qolgan taqdirda ham tezlik bilan uni raqibga qaytarib bermoqdamiz.
"Bunyodkor"ga qarshi o‘yin meni so‘nggi imkoniyatim edimi? Balki ketarman, balmadim. Buni rahbariyat hal qiladi. Jamoaga yordam berish uchun kelgandim. Lekin vaziyat kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Rostan ham balki ketganim ma’quldir.
Boshqa murabbiy kelib vaziyatni yaxshilashi uchun hozircha fursat yetarli. Iste’fo har daqiqa bo‘lishi mumkin. Buni klub rahbariyati hal etadi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas