Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga tashrifi vaqtida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin va Meksika vakili Saul «Kanelo» Alvares o‘rtasida 17 sentyabr tongida bo‘lib o‘tgan jangni tomosha qilayotgani tasvirlangan suratni e’lon qildi.
«Davlat rahbari O‘zbekistonga davlat tashrifi vaqtida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazgan jangni tomosha qildi», - deyilgan prezidentning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Suratda Nazarboyevning yonida Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va O‘zbekistondagi elchi Yerik Utembayev ham borligini ko‘rish mumkin.
Golovkin va Alvares o‘rtasidagi jang T-Mobile arenasidagi kechaning asosiy jangi bo‘ldi. 12 raund davom etgan jang yakunida hakamlar durang qayd etishdi. Natijada Golovkinning 37 g‘alabadan iborat g‘alabali seriyasi yakunlanib, u ilk marta durang natijaga rozi bo‘ldi. Shu bilan birga u kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi